Ona qarg‘ab keyin gapini qaytib olsa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, agar ona o‘z bolasiga arzimagan o‘zaro nizo uchun jaxl ustida to‘satdan oq qildim deb yuborsa va farzandi yalinib yolvorsa, keyin ona jahl ustida aytgan gapidan pushaymon bo‘lib o‘g‘liga “kechirdim” yoki “u gapimni qaytib oldim” desa va o‘g‘lini haqqiga duo qilsa farzan oq qilingan bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rozi bo‘lsa oq bo‘lganlar safidan chiqadi. عن جابر بن عبد الله الأنصاري رضي الله عنهما قال: قال رسول الله صلّى الله عليه وسلّم: (لا تدعوا على أنفسكم، ولا تدعوا على أولادكم، ولا تدعوا على خدمكُم، ولا تدعوا على أموالكُم، لا تُوافقُوا من اللهِ تعالى ساعة نيْلٍ فيها عطاء فيستجيب لكم) رواه أبو داود Jobr ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “O‘zlaringizni, farzandlaringizni, xizmatchilaringizni, mol mulkingizni duoibad qilmanglar. Alloh sizlarga beradigan soatga muvofiq kelib qolmasin, unda duoingiz mustajob bo‘lib qoladi” dedilar.  Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 13:54 | Savol-javoblar | 86 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar