Farz namozini ovoz chiqarmay o‘qish
Assalomu alaykum! Men ish yuzasidan chet el safarlarida boshlig‘im bilan birkalikda ko‘p borishimga to‘g‘ri keladi. Mehmonxonalarda bir nomerda turamiz. Boshlig‘im yaxshi inson lekin musulmon emas. Lekin men namozlarimni qoldirmasdan o‘qishga harakat qilaman. Bomdod nomozlarida erta tongdan turib Azon aytishim va farz namozlarimni ovoz chiqarib o‘qishim boshlig‘imni bezovta qiladi deb o‘ylayman. Umuman safarda yoki chet elda har erda va jamoat joylarida namoz o‘qishga to‘g‘ri kelganda ham ayni holat. Savolim, farz nomozlarimni ham ovoz chiqarmay Sunnat namozlari kabi o‘qishim mumkinmi? Azon va takbirlarda qanaqa yo‘l tutganim ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Azonni baland aytishingiz shart emas. Bezovta qilmaydigan darajada aytishingiz ham mumkin. Yolg‘iz o‘qiguvchi jahriy namozlarni ham sunnat namozlari kabi maxfiy o‘qiyveradi. Jamoat bilan o‘qilganda jahriy o‘qiladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 206 | Namoz