Farz va farzi kifoya

Assalomu alaykum! Farz ham ikki qismdir: farzi ayn va farzi kifoya. a) Farzi ayn mukallaf har bir kishi bajarishi shart bo‘lgan farzdir. Besh vaqt namoz, ro‘za, zakot kabi. Mukallaf har bir kishi bu amallarni shaxsan o‘zi bajarishi zarur. Bir qism odamlarning farzi aynni bajarishi boshqalar zimmasidan bu masuliyatni soqit qilmaydi. b) Farzi kifoya ba’zi musulmonlar bajarishi bilan boshqalar zimmasidan tushadigan farzdir. Masalan, janoza namozini o‘qish kabi. Farzi kifoyani hech kim ado etmasa, barcha gunohkor bo‘ladi. Shu to‘g‘ri malumotmi ustozlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 20:42 | Savol-javoblar | 222 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar