Noto‘gri tushuncha
Bir, azmuncha ilmi bor inson bilan suhbatlashib o’tirgandik. Biroz asabim tarangroq edi. Menga bazi maslahatlarni berdi. bazi savollarimga, bir inson bor, nihoyatda ilmli, o’sha bilan ko’rishib bazi tushunchalarni olib olsangiz hammasi yaxshi bo’lib ketadi dedilar. Men o’zmni fikrim bilan hulosa chiqaradigan bo’lsam adashib qolyapman, shuning uchu Shayx Muhammad Sodiq mufti hazratlaridan ko’p tushunmaganlarimni so’rayman va ularni aytilgan har bir so’zlarini to’g‘ri deb qabul qilaman, deb aytdim. Keyin u kishi menga, siz hammaga ham qattiq ishonavermang, o’zingizni mustaqil fikringiz bo’lsin dedi va davom etib chunki andoq chunki bundoq kabi so’zlarni aytdi. Biroz o’ylanib qoldim. Keyin, axir inson ilmsizroq va adshuvchan bo’lsa, bir olim, ilm arbobi, sof va to’g‘ri yolda bo’lgan shayxning etagidan maxkam tutsin! deyilganku deb takidladim. U so’zida turub olib, baribir insonni har bir narsada o’zini shaxsiy tushunchasi bo’lish kerk dedi. Balkim bugab to’g‘ridir. haqiqattan ham insonda shaxsiy fikr bo’lsa yaxshi bo’lishini bilman. Lekin u insonni siz haqingizdagi bazi gaplari ko’nglimni hira qilib qo’ydi. Qarang! uch to’rtta so’z bilan fikrim o’zgarib ketishini. Bu bo’lib o’tgan ishda o’zimni nodonligimni sabab deb bilaman. Hazrat siz bu bo’lib o’tgan ishda kim ayibdor deb o’ylaysiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tayyor diniy hukmlarda shaxsiy tushuncha nima qiladi?! Biror gapni aytishdan oldin o‘ylab ko‘rish kerak. Namoz o‘qish, ro‘za tutishga o‘xshash ibodatlarda qanday shaxsiy fikr bor?!
6 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar