Pulimizdan zakot

Assalomu alaykum! Men bir mo‘’min insonga qarzga pul berganman 1.300$ AQSh dollorida. Qarib ikki yil bo‘lmoqda, lekin sharoiti og‘irligi tufayli qaytara olmayabdi. Yaqinda eshitib qoldim, birovga qarz bergan pulimni zakotini berishim kerak ekan. O‘zi bir tayinli bosh panamiz yo‘q, ijarada turamiz. Men birovga qarzga bergan pulimni zakotini berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘lingizdagi bori va qarzingizni qo‘shganda 2000 dollar chiqsa sizga zakot vojib. Ammo qo‘lingizga tegmagan puldan bermay turaverasiz. Qachon qo‘lingizga tegsa o‘shandan qirqdan birini ajratasiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:48 | Savol-javoblar | 169 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar