ERNI IChKILIKDAN QAYTARISh UChUN

Assalomu alaykum Shayx xazratlari!Sizni va oila a’zolaringizni kirib kelgan muborak Xayit ayyomi bilan tabriklayman.Alloh Taolodan Sizni va bizlarni ikki dunyoda aziz qilishini so‘rab quyidagi savol bilan murojaat qilmoqchi edim.Savolim quyidagicha:....Erni pand nasixat va boshqa turli xil yo‘l yo‘riqlar bilan ichkilikdan qaytara olmagan ayol shifokor tomonidan tavsiya etilgan, erining sog‘ligi uchun zarar bo‘lmagan "DORI DARMON"lar vositasida eriga bildirmasdan uning ichadigan choy, kofe, suv va boshqalariga dorini (bu kabi dorilar xozirda ko‘p va turli nomlarda bor ekan) qo‘shib ichirib yuborsa bo‘ladimi?Shifokorning aytishi bo‘yicha shunday qilinsa eri spirtli ichimliklarni ichsa ichimlikka nisbatan nafrat, va boshqa g‘alati xodisalar ro‘y berar emish. Xuddi shu yo‘l sabab bo‘libmi ichkilikdan qaytgan ashaddiy ichuvchilarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.Javobingiz uchun katta raxmat!!!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juda yaxshi bo‘ladi.

1 May 2022, 20:48 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar