Shiyalar va Salmon Forsiy

Assalomu alaykum! Bir xadis to‘g‘risida so‘ramoqchi edim. Xadisni aniq o‘zini eslolmayman, xadisning taxminiy manosi shunday: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashadi "Dinga amal qilmay qo‘ysak, kim amal qiladi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Salmon Forsiyni ko‘rsatib "U va uning halqi" deganga o‘xshash so‘z aytadilar. Bir tanishim shiya, u shu xadisni dalil qilib keltirib "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz shiyalar xaqimizda gapirganlar, biz xaq yo‘ldamiz" deydi. Savolim shuki, xadisda aslida gap nima va kim to‘g‘risida?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U va uning xalqi degan hadis yo‘q. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَوْ كَانَ الدِّينُ عِنْدَ الثُّرَيَّا لَذَهَبَ بِهِ رَجُلٌ مِنْ فَارِسَ - أَوْ قَالَ مِنْ أَبْنَاءِ فَارِسَ - حَتَّى يَتَنَاوَلَهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Agar din surayyoda (yulduzda) bo‘lsa ham, Forsdan bir kishi uni olib ketadi
(yoki Fors bolalaridan biri unga etadi)», dedilar».
Muslim rivoyat qilganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Ushbu hadisga ulamolar “Abu Hanifa rahmatullohi alayh to‘g‘ri keladi, chunki u kishining oto-bobolari forsdan bo‘lganlar” deb aytishgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 168 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar