Narxlarni ma’lum sabablarga ko‘ra ko‘tarilishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mana erta indin hayit kunlari ham yaqinlashmoqda.  Shu kunlarda xizmat ko‘rsatish sohasida va insonlarda talab va taklifni oshishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Shu o‘rinda savol tug‘iladi:
1. Kirakashlik qilishda narxlarnining odatiy 1000 so‘mlik masofani 3000 so‘m taklif qilsa taksistlarning topgan puli halolmi harommi?
2. Hayit kunlaridan bir kun avval shirinliklarni kechasi bilan uxlamasdan pishirib odatiy narxidan qimmatroq foydani ko‘paytirib sotsa topgan foydasi halolmi?
3. Qurbon hayitidan avval sara qo‘ylarga bo‘lgan talabning oshishi tufayli narxi qimmatlashganining guvohi bo‘lamiza va o‘z navbatida sotuvchi ham qimmatroq sotishni istaydi. Masalan 100ming sumlik qo‘yni bozorga olib chiqib 200 minga taklif qilsa sotsa bu topgan puli halolmi?
4. Sentyabr oyida taksi narxining 10 mingdan 30 mingga ko‘tarilganini guvohi bo‘lamiza. Bunday holatda taksistlarning topgan puli halolmi? Chunki yuqoridagi to‘rt holat kundalik hayotimizda ko‘p uchramoqda. Eng qizig‘i yuqoridagi holatda ikkala tomon rozi bo‘lgan holatda sovdalashilgan holda amalga oshiriladi. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Harom emas. 2). Harom emas. 3). Harom emas. 4). Harom emas. Ammo har doim ham pulni miqdoriga qarayvermaslik kerak. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘nglidan chiqarib bermagan molini olish halol bo‘lmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 20:51 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar