Zinoning kafforati bormi?
Assalomualaykum Shayx hazratlari! Bu savolni yaqin dugonamning iltimosiga ko‘ra berishga majbur bo‘ldim. Chunki bu savolning javobini men bilmayman. Dugonamning yaqinda to‘yi bo‘ladi Xudo xohlasa. Lekin o‘tgan hafta u menga bir haqiqatni aytdi. Dugonam ham ibodatli qiz. Bo‘gan ishdan u judayam afsusda, kunu tun yig‘lamoqda. Sababi turmushga chiqayotgan bola bilan oldindan tanish edi. Ikki yilcha gaplashib yurishdi. Va nihoyat to‘ylari bo‘lish arafasida. Ammo yaqinda ular shahvatga berilib birga bo‘lishgan. Bola ham qiz ham juda afsusda. Shunga manga murojaat qilishdi. Bu narsani kafforati bormi deb? Qanday qilib ular bu gunohlarini yuvishlari mumkin? Keyin qiz bokira emasligi haqida nikoh o‘qitilayotganda domlaga aytish kerakmi yoki yo‘qmi?Oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Aslida, to‘laqonli nikohda bo‘lmagan shaxslar zino qilsa, ularga shariatda ko‘rsatilgan jazo yuz darra urishdir. Ammo mazkur jazo hozir qo‘llanmaydi. Shuning uchun ular, tavba qilishsin, nadomat chekishsin va tezroq to‘yni qilishsin. Bo‘lib o‘tgan gapni birovga aytishmasin.
1 May 2022, 21:10 | Savol-javoblar | 242 | Halol va harom