Sadaqa miqdori

Assalomu alaykum! Ixtiyoriy sadaqa, infoq, ehson qilishda shariatda biror bir chegaralar bormi? Yoki ulamolarni ko‘rastmalari? Masalan bor boyligidan eng ko‘pi qancha sadaqa qilishi mumkin? Yoki xojati asliyadan ortiqcha pullaridan eng ko‘pi qanchasini sadaqa qilishi ? 1/2 mi, 1/3nimi? Ko‘p savol javoblarda himmatiga bog‘liq, ortiqchasi deyilgan, o‘sha ortiqchani qanday hisoblanadi? Masalan oilasini 6 oy yoki 1 yilga boqishga etadigan pulidan qolgani ortiqchami? Yoki yana boshqa favqulotda vaziyatlar uchun olib qo‘ygan pulidan boshqasi ortiqchami? Umuman bu masalalar bo‘yicha shariatning ko‘rsatmalarini bilmoqchi edim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakotini bergan baxil hisoblanmaydi. Insonni qilgan sadaqotlari mahshar kuni boshida soya qilib turuvchi bo‘ladi. Qancha soyani xohlaysiz? كلُّ امرئٍ في ظلِّ صدَقتِه يومَ القيامةِ  Qiyomat kuni qilgan sadaqalari soya bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 136 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar