Yanga bilan qayni uka uyda yolg‘iz qolishi

Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 1yarim yildan oshdi. Xo‘jayinim bilan alohida 1 xonali uyda yashaymiz va hozircha farzandimiz yo‘q. Ishi sababli qayniukam ham biz bilan turadi. Ko‘p hollarda xo‘jayinim ishga erta ketib kech keladi. Qayni ukam esa aksincha. Uni yoshi mendan ancha katta va hali uylanmagan. Qayni ukam bilan meni uyda yolg‘iz qolishim joizmi? Va shuna ham bilmoqchi edim u yoz kunlarida uyda kalta shortik kiyib yuradi va men bundan uyalaman. Xo‘jayinimga aytsam ishing bo‘masin deb urushib berdilar. Men ko‘chaga o‘ranib chiqaman bo‘qoq kasalim borligi uchun nafasim qaytadi va uyda qayni ukamni oldida o‘ranib yurishim kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘iz qolishinglar halol emas. Qayni ukangiz oldida ham hijoblanib yurishingiz shart. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 21:22 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar