Qurbonlik pulini ishlatib qo‘ygan bo‘lsa

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda kilsin. Bir kishi qurbonlik so‘yishni niyat qilib qo‘ygan ekan. Qurbonlik vaqti kelganida tog‘asi kasal bo‘lib qolib, qurbonlikka atalgan pulni kasal odamga berib yuboribdi. Shu ishim joizmi deb so‘rayabdi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar nazr qilgan ya’ni “qurbonlik qilishni nazr qildim” degan bo‘lsa, qurbonlik kunlarida qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. Bu nazrdan boshqa holatlarda niyat qilish bilan vojib bo‘lmaydi. Moli nisobga etgan boy bo‘lsa bir qo‘yning pulini sadaqa qilib yuborish zimaasiga vojibdir. Chunki boy odam qurbonlik qilmasa zimmasiga uni qiymatini sadaqa qilish vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar