7 yoki 9ta odamga yuboring degan xabarlar

Assalomu alaykum! Shahodat kalimasini aytib yolg‘on habar tarqatayotganlarni har ikkisining hukmi nima bo‘ladi? Bittasi: "Muftiyatni habar berishicha deb noto‘g‘ri habar to‘qib, habarini oxirida "La ilaha Illolloh Muhammadan Rasululloh deb 7 yoki 9ta odamga yuboring" deydi. Ikkinchisi: Bundan ta’sirlangan ilmsiz odam shahodat kalimasini aytib ushbu habarni tarqatib yolg‘on tarqalishi va o‘ziga o‘xshagan boshqalarning noto‘g‘ri tushunib qolishiga sababchi bo‘ladi. Umuman o‘zi bunday fikrlasa, qaralsa xatolaridan yolg‘onligini bilinadigan habarlarni kimlar nima uchun yuzaga keltirishadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu katta gunohlardan hisoblanadi. Bu kabi ishlar va gaplar ahmoqlarni ahmoq qilish uchun qilinadi. Alloh taolo “Hujurot” surasida aqlli insonlarga  يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن جَاءكُمْ فَاسِقٌ بِنَبَأٍ فَتَبَيَّنُوا أَن تُصِيبُوا قَوْمًا بِجَهَالَةٍ فَتُصْبِحُوا عَلَى مَا فَعَلْتُمْ نَادِمِينَ۝ 6. Ey iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar, bilmasdan, bir qavmga musibat etkazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo‘lmanglar – deb marhamat qilgan. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 22:32 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar