Molni qimmat sotib qo‘ydim

Assalomu alaykum! Men magazinda ish paytida xaridorga bilib turib o‘z narxidan qimmat sotdim xaridor buni bilmadi. Vijdonim qiynalyapti, men oldin xech bunday ish qilmaganman. Iltimos maslaxat bering ortiqcha pulni o‘z cho‘ntagimga olmaganman, kassaga solingan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir narsani unutmang, tug‘ilganimizdan to jon chiqquncha imtihondamiz. Gohida unday bir holat ro‘para keladi, bunday holat ro‘para keladi. Shunday holatlarda to‘xtab “bu ishim shariatga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘g‘mi” deb o‘ylang. Bilmasangiz so‘rab keyin ish qiling. Qimmatga sotgan bo‘lsangiz u ham mol egasining haqqi hisoblanadi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar