Nasroniylarga o‘xshab kiyinish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir xadislarida “Kim bir qavmga taqlid qilsa u o‘shalardandir” deganlar. Savolim shuki agar nasroniylarning magazinlardan kiyim sotib olsa (yozuvli yoki rasmli) shularni kiysa xam shulardan bo‘lib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinimizda musulmon va muslimaga maxsus kiyim yo‘q. Eng avvalo avratlarini berkitish farz. Ikkinchidan boshqa din vakillarining diniy liboslarini kiyish joiz emas. Diniy bo‘lmagan liboslarini kiyish joiz. Fosiqlarga xos bo‘lgan kiyimlarni kiyish ham joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalarida u zot va sahobalarning kiyimlari Abu Lahab va Abu Jahllarning kiyimlaridan farq qilmagan. Birgina sallalarida farq qilgan. Mushriklar do‘ppisiz salla o‘ragan bo‘lishsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar do‘ppi ustidan salla o‘raganlar. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 09:13 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar