Menga maslahat beringlar
Assalomu alaykum! Alloh taolo sizlardan rozi bo‘lsin. Meni qo‘l ostimdagi bir ishchini o‘g‘irlik qilganini ushlab oldim. Odamlarning oldida sharmanda qilmadim. Menga kelgani 3-oy bo‘ldi, shundan beri qancha pul olganini bilmayman. Oxirgi paytlarda har kuni kassadan pul kam chiqa boshladi. Unga 110.000 so‘m atrofida maosh berishim kerak. Shu oyligini unga jazo sifatida bermasam bo‘ladimi yoki bermasam haqqi menda qoladimi? Uni o‘g‘irlik qilganini atrofdagilarga ochiq-oydin aytsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘g‘irlaganidan ortig‘ini olishingiz halol bo‘lmaydi. O‘g‘irligini aytishdan biror foyda bo‘lsa, e’lon qilishingiz joiz. Agar u qilmishiga tavba qilgan bo‘lsa, berkitganingiz yaxshi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:01 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom