Suxarikni gazak uchun tayyorlash

Assalomu alaykum! Bizni qiladigan ishimiz non bo‘lakchalarini (suxariki) tayyorlab ularni barlarga tarqatish. Albatta barlarda ichkilik(aroq, piva) uchun gazak sifatida istemol qilinadi. Non bo‘lakchalari istemol uchun xalol bo‘lgani uchun bu ishimiz ham va topadigan daromadimiz ham xalol bo‘ladi deb o‘yladik. Albatta bunday o‘ylashimizning o‘zi, ishimizni va topadigan daromadimizni halol qilib qo‘ymaydi. Shunday holatda shariatmizning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asosan shu maqsadda iste’mol qilinadigan narsa. Shuning uchun gunohga yordam bergan bo‘lasizlar. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar