Ramazonda savdo

Assalomu alaykum! Ustozlar, men uyda shirinlik ishlab chiqaraman. In shaa Alloh chiqarayotgan mahsulotim 100% halol. Endi shu mahsulotimni ramazon oyida ham ishlab chiqarib, bozorchilarga bersam bo‘ladimi? Men uni do‘konlarga beraman. Ular esa, ustiga narx qo‘yib sotishadi. Men bozorni yaxshi bilaman. Unda juda ko‘pchilik ro‘za tutmaydi. Ana shunday ro‘za tutmagan musulmonlarga ham sotishga to‘g‘ri keladi. Ko‘proq dadamning do‘konlariga beraman. Nima qilay? Menga ana shu masala haqida batafsil ma’lumot beringlar? Xatoga yo‘l qo‘yib qo‘ymay! Alloh rozi bo‘lsin sizlardan. Omiyn!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sizning vijdoningizga bog‘liq. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:18 | Savol-javoblar | 134 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar