Soxta pul

Assalomu alaykum! Ustozlar, biz savdo bilan shug‘ullanamiz. Bir odam bizdan narsa olib soxta pul (kupyura) tashlab ketibdi, keyin bilib qoldik. Balki u ham bilmagandir. O‘sha pulni ishlatish niyatimiz umuman yo‘q edi, lekin oila a’zolarimizdan biri u pulni ishlatib qo‘yibdi, endi nima qilaylik? O‘shancha miqdordagi pulni sadaqa qilib yuborsak bo‘ladimi? Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kimga ishlatgan bo‘lsa avvalo uni topish kerak. Topolmasa keyin sadaqa qilinadi va agar topilganida soxtamas puldan beradi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar