Namozni yo‘lda o‘qish

Assalomu alaykum! Man har kuni ishga qatnab ishlayman. Ertalab 5:30larda uydan chiqaman 7:10larda ishxonaga etib kelaman. Bomdod namozi vaqtida avtobus ichida bo‘laman. Aftobus yurub ketayotgan vaqtda namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozir bamdodning vaqti 7:30da chiqmoqda. Ishxonaga etib borib bemalol o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 14:25 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar