Savdodagi raqobat

Assalomu alaykum! Agar bir xil maxsulot bir biridan orasi uzoq bo‘lmagan ikkita do‘konda bo‘lib, bir do‘konni sotuvchilari ikkinchisiga raqobat qilib, ayg‘oqchilik qilib, narxlarini atayin pasaytirib, maxsulotlarini yomonlab mijozlarini o‘ziga qaratsa qilgan savdosi xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yomonlasa joiz emas. Lekin narxni o‘rganib, halol raqobat qilib, xalqqa yaxshi bo‘lsin deb narxni arzonlashtirishi joiz. Shunday qilish ham kerak. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar