Murobahada sheriklar ulushi oldi sotdisi
Assalomu alaykum! Biz 30 dan ortiq odamni bir guruhga to‘plab Murobaha ishini yo‘lga qo‘yganmiz. Mijozga qaysidur texnika kerak bo‘lsa uni guruxda elon qilamiz va kim xoxlasa imkoni boricha pul tikadi xoxlamagan tikmidi. xar kim o‘zining puliga o‘zi xo‘jayin. ruxsatsiz xech kimni puli tovar uchun tikib yuborilmaydi. Bunda ulush taqsimoti foydadan 5% ishlarni xisobini yurituvchiga, 5% oldi sotdi ishlarini amalga oshiruvchiga (kerakli pul miqdorini pul tikayotgan sheriklardan olib, tovar qaerda bo‘lsa mijoz bilan birga borib oldi sotdi ishlarini amalga oshiradi) va 10% xayriya tashkilotimizga yo‘naltiriladi. qolgan 80% pul tikgan sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunga xamma pul tikuvchilar rozi. Ba’zida pul tikgan sheriklarga pul zarur bo‘lib qoladi va tikgan ulushini tanini guruhga e’lon qilib sotuvga qo‘yamiz. kim xoxlasa usha ulushni tanini (foydasiz) sotib oladi va usha ish bo‘yicha xisoblangan foyda ulushi uni nomiga xisoblanadi. Savolim, ushbu ishimiz joizmi? xatoliklari bo‘lsa va rivojlantirish uchun maslaxatilar bo‘lsa xursand bo‘lardik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar biron ahli ilm oldiga borib, masalani mohiyatini va to‘g‘ri shartnomani bilib olinglar. Hozir qilib turganingizda notug‘ri joylari bor. Shirkati amlokning hukmiفَلَا يَجُوزُ لِأَحَدِهِمَا أَنْ يَتَصَرَّفَ فِي نَصِيبِ الْآخَرِ إلَّا بِإِذْنِهِ، وَكُلٌّ مِنْهُمَا فِي نَصِيبِ صَاحِبِهِ كَالْأَجْنَبِيِّ وَهَذِهِ الشِّرْكَةُ تَتَحَقَّقُ فِي غَيْرِ الْمَذْكُورِ فِي الْكِتَابِ كَمَا إذَا اتَّهَبَ رَجُلَانِ عَيْنًا أَوْ مَلَكَاهَا بِالِاسْتِيلَاءِ أَوْ اخْتَلَطَ مَالُهُمَا مِنْ غَيْرِ صُنْعِ أَحَدِهِمَا أَوْ بِخَلْطِهِمَا خَلْطًا يَمْنَعُ التَّمْيِيزَ رَأْسًا أَوْ إلَّا بِحَرَجٍ، وَيَجُوزُ بَيْعُ أَحَدِهِمَا نَصِيبَهُ مِنْ شَرِيكِهِ فِي جَمِيعِ الصُّوَرِ وَمِنْ غَيْرِ شَرِيكِهِ بِغَيْرِ إذْنِهِ إلَّا فِي صُورَةِ الْخَلْطِ وَالِاخْتِلَاطِ فَإِنَّهُ لَا يَجُوزُ إلَّا بِإِذْنِهِ، وَقَدْ بَيَّنَّا الْفَرْقَ فِي كِفَايَةِ الْمُنْتَهَى “U ikkisi(shirkatu amlok qiluvchilar)dan birortasi boshqasining ulushini sherigining iznisiz tasarruf qila olmaydi va ikkalasi sherigini nasibasida begona kishi kabi bo‘ladilar. Kitobda zikr qilinmagan holatlardan boshqa o‘rinlarda ham ushbu shirkat ro‘yobga chiqadi. Masalan, ikki kishiga muayyan narsa hadya qilinishi yoki ikki kishi unga istiylo yo‘li bilan egalik qilishlari yoki ikki kishining moli tomonlardan birortasining fe’lisiz aralashib ketishi yoki boshma-bosh ajratib olish mumkin bo‘lmagan narsalarni ikkalasi aralashtirib yuborishlari (masalan bug‘doyni bug‘doyga) yoki mashaqqat ila ajratib olish mumkin bo‘lishi (arpani bug‘doyga aralashib ketishi kabi). Yuqoridagi barcha suratlarda sherigining iznisiz ikkisidan biri sherigiga va sherigidan boshqaga o‘z ulushini sotishi joiz bo‘ladi. Lekin, aralashtirib yuborilgan va aralashib ketgan suratlar bundan mustasnodir. Chunki, bu suratlarda sherigini iznisiz o‘z ulishini sotishi joiz emas. Farqni “Kifoyatul muntaho”da bayon qilib o‘tganmiz” (Hidoya).وحكم هذه الشركة هو أن كل واحد من الشريكين كأنه أجنبي في نصيب صاحبه، فلا يجوز له التصرف فيه بغير إذنه، إذ لا ولاية لأحدهما في نصيب الآخر “Ushbu shirkatning hukmi – ikki sherikdan har biri sheriging nasibasida begona kabi bo‘lib, uning iznisiz un(sherigining nasibasi)da tasarruf qila olamaydi. Chunki, sherigining ulushida ikkisidan birortasiga valoyat yo‘q” . Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat