Eriga itoat qilmaydigon ayol

Assalomu alaykum! Bir savolim bor, qisqa qilib aytib o‘taman, agar to‘liq yozadigan bo‘lsam uzundan uzun. Eriga va erini ota-onasiga itoat qilmaydigon 3 ta farzandi bo‘la turib ayolidan vos kechib (ajrim) farzandlarini tashlab qo‘ymasa xar oy farzandlarini taminlab tursa shu sharti bilan ajrashib, bir solixa eriga itoat qiladigon ayolga uylansa, Islomda nima deyilgan? Bir umr eriga va uni ota-onasiga itoat qilmaydigon ayol bilan yashashi kerakmi farzandlar uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Itoat qilish erga bo‘ladi. Erni ota-onasini kelinga hech qanday aloqasi yo‘q. Ayol alohida yashashni talab qilsa ayol gunohkor bo‘lmaydi. Er uy bilan yoki hech bo‘lmasa ijaraga uy qilib berishi kerak. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar