Ayol vrach xatna qilishi

Assalomu alaykum! 1). O‘g‘il bolani xatna qilishda erkak vrach qilgani yaxshimi yoki ayol vrachga qildirsa xam bo‘ladimi? Biz yashayotgan joydagi poliklinika ayol vrach bor, ko‘p kishilar o‘sha kishiga xatna qildirishadi. Chunki ishlari puxta. Bu xakda Shayx xazratlarini "Sog‘lom bola" kitobida xam berilgan ekan o‘qidim. Lekin aynan bolani erkak yoki ayol xatna qilish kerak degan so‘ziga ko‘zim tushmadi. Agar adashgan bo‘lsam uzr so‘rayman. 2). Xatna marosimini dab-daba qilmasdan oilaviy yaqin qarindoshlarni aytib, bitta qo‘y so‘yib, shu qo‘yni go‘shtidan oilaviy sharoiti og‘ir etim-miskinlarga taqsimlab, aqiqani birga qilsam bo‘ladimi? O‘g‘lim 3-yoshda, aqiqa qilmaganman. Bu xaqida o‘g‘lim tug‘ilganda xabarim bo‘lmagan va xech kim bu xaqda aytmagan. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ayol mohir bo‘lsa ayol kishini xatna qilishi ham joiz. 2). Aqiyqa qilishingiz eng to‘g‘risi bo‘ladi. Uning uchun marosim ham shart emas. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar