Er-xotin g‘usl qilmaguncha bir-biriga tegsa g‘usl vojib bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! G‘usl masalasida bir savolim bor edi. Shunga oydinlik kiritib bersangiz. Ayolimning yangasi unga shunday debdi: "Er-xotin birga bo‘lganingizdan so‘ng agar ering yo sen g‘usl qilgan bo‘lsang, ikkinchingiz ham g‘usl qilmaguningizga qadar bir-biringizga qaramasligingiz, teginmasligingiz lozim. Aks holda ikkingiz ham qaytadan g‘usl qilishingiz kerak bo‘ladi".
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
– Bu mutlaqo noto‘g‘ri gap. Diniy bilimi yo‘q odamlar o‘zicha to‘qib olganlar. Junub odam og‘zi va burnini chayib olgandan keyin, hatto taom esa ham bo‘ladi. Bir-birini ko‘rsa yoki bir-biriga teginsa qayta g‘usl qiladi, degan gapga ishonmaslik kerak. Hamma narsa, kitob o‘qimaslikning oqibati. Kitob o‘qib bu kabi narsalarni ilmiy asosda o‘rganib olish kerak. Bu kabi narsalar farzi ayn – har bir shaxsning boshiga farz bo‘lgan ishlardir. G‘USLNING FARZI. «G‘usl» so‘zi lug‘atda biror narsaning ustidan suv oqizishni anglatadi. Shariatda esa Alloh taologa qurbat niyatida badanning hammasiga suv oqizishga g‘usl deb aytiladi. G‘uslning shariatimizda vojib qilinishining hikmatlari ko‘p. Avvalo, u ibodat, Allohga qurbat hosil qilish uchun zarur narsa. Ikkinchidan, poklik, ozodalik va sog‘lik uchun o‘ta muhim omil. Qolaversa, g‘uslni vojib qiluvchi narsalar tufayli inson vujudida paydo bo‘ladigan ba’zi nopokliklarni ketkazish, maniy ketishi ila jism yo‘qotgan narsalarni qayta tiklashdir. Jinsiy yaqinlik va ehtilomdan keyin g‘usl qilgan odamda qon yurish yaxshilanadi va tetiklik tiklanadi.Shuningdek, niyat bilan qilingan g‘usl tufayli gunohlar ham yuviladi. Bas, g‘uslning farzi og‘zini, burnini va butun badanini yuvmoqdir. Bu jumladan g‘uslning farzi uchta ekanini anglab olinadi: 1. Og‘izni chayqash. Albatta, og‘izni yaxshilab chayqash g‘uslning farzlaridan biri ekanligi hammaga ma’lum. Busiz g‘usl bo‘lishi mumkin emas. 2. Burunni chayqash. Burunni yaxshilab, mubolag‘a ila chayish ham g‘uslning farzi hisoblanadi. 3. Bandaning barcha erini yuvish. Butun jasadning biror tuki ostini ham qo‘ymay, suv etkazib yuvish ham g‘uslning farzidir. G‘uslning farzligi «Moida» surasidagi: «Agar junub bo‘lsalaringiz poklaninglar», oyatidan oligandir. Bunda yuvish imkoni bor barcha joyni poklash ma’nosi bordir. Alloh taolo yana «Niso» surasida: «Va junub holingizda, to g‘usl qilmaguningizcha (masjidda turmang) magar yo‘ldan o‘tsangiz», degan (43-oyat). Ushbu ikki oyatda og‘iz burun va badanning barchasini yuvish ma’nosi bor. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, har bir tuk tolasi ostida junublik bor. Bas, sochni yuving va jildingizni poklang», dedilar». Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan. Ushbu hadisning boshqa bir rivoyatida: «Kim junublikdan bir tuk o‘rnini yuvmay qoldirsa, do‘zaxda undoq qilinadi, bundoq qilinadi», dedilar». Ali: «Shuning uchun, boshimni dushman tutdim», deb uch marta aytdi. U sochini qirdirib yurar edi», deyilgan.G‘USLNING SUNNATLARIBas, uning sunnatlari ikki qo‘lini va farjini yuvmog‘i hamda najosatni ketkazmog‘i. So‘ng tahorat qiladi. Ammo ikki oyog‘ini yuvmaydi. Keyin badaniga uch marta suv quyadi. So‘ngra oyog‘ini suv to‘plangan joydan boshqa erda yuvadi. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon junublikdan g‘usl qilsalar, avval ikki qo‘llarini yuvishdan boshlar edilar. So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chap qo‘llariga suv quyib, farjlarini yuvar edilar. Keyin esa namozga qiladigan tahoratlarini bajarar edilar. So‘ngra suvni olib, panjalarini sochlari ostiga kiritar edilar. Toki, suv yaxshi etganiga ishonganlaridan keyin boshlari ustidan uch hovuch suv quyar edilar. Keyin qolgan jasadlariga suv quyar va oxiri oyoqlarini yuvar edilar». Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun g‘usl qilgani suv qo‘ydim. Bas, u zot ikki qo‘llarini ikki yoki uch marta yuvdilar. Keyin chap qo‘llariga suv quyib turib, jinsiy atszolarini yuvdilar. So‘ngra qo‘llarini erga surtdilar. Keyin og‘izlarini chayqadilar, burunlariga suv oldilar, yuzlari va ikki bilaklarini yuvdilar. So‘ngra jasadlariga suv qo‘ydilar. Keyin boshqa joyga o‘tib ikki oyoqlarini yuvdilar». Boshqa bir rivoyatda: «So‘ngra boshlarini uch marta yuvdilar», deyilgan. Yana boshqa rivoyatda: «Men u kishiga bir latta keltirgan edim, xohlamadilar va suvni qo‘llari bilan sidira boshladilar», deyilgan. Ikki hadisni Beshovlari rivoyat qilishgan. Sochi o‘rilgan ayol uchun uning ostini ho‘llashi kifoya qiladi. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Men: «Ey, Allohning Rasuli, men sochimni mustahkam qilib o‘radigan ayolman. Junublik g‘usli uchun uni yoymog‘im kerakmi?» dedim. U zot: «Yo‘q, sen uchun boshing ustidan uch hovuch suv quymog‘ing kifoya qilur. So‘ngra ustingdan suv quyasan. Bas, pok bo‘lursan», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Barcha hujjat va dalillarni sinchiklab o‘rganib chiqqan fuqaholarimiz g‘uslni avvalidan oxirigacha quyidagi tarzda bayon qiladilar. Dastlab, g‘usl qiluvchi shaxs tasmiya aytadi va niyat qiladi. Keyin ikki qo‘lini yuvadi. Keyin orqa oldi farjini yuvadi. Badanida najosat bo‘lsa, o‘shani yuvadi. Keyin xuddi namozga qilgandek tahorat qiladi. Albatta, og‘iz burunni mubolag‘a bilan chayqash bor gap. Agar turgan joyida suv jamlanadigan bo‘lsa oyoqlarini yuvishni keyinga suradi. So‘ngra boshiga suv quyib ishqab yuvadi. Badaniga uch marta suv quyadi. O‘ng elkasidan boshlab suv quyadi. Keyin chap elkasiga. Qo‘li bilan badanini ishqaydi. Ikki qulog‘i, kindigi, qo‘ltiq osti kabi suv etishi qiyin joylariga alohida etstibor beradi. G‘uslning oxirida boshqa tarafga o‘tib oyoqlarini yuvadi. Suv to‘planmasa, oyoqlarini ham o‘sha erda yuvib olaveradi. G‘uslning odoblari ham xuddi tahoratning odoblariga o‘xshaydi. Ammo g‘uslda qiblaga qarash yo‘q. G‘uslda quyidagi narsalar makruhdir; 1. Suvni isrof qilish. 2. Suvni o‘ta oz ishlatish. 3. Suvni yuziga urish. 4. Odamlar gapini gapirish. 5. Uzrsiz boshqadan yordam olish. 6. Duo qilish. G‘USLNI VOJIB QILUVChI NARSALAR. Uni vojib qiluvchisi; Ajralib chiqayotganda otilib shahvat bilan keladigan maniyni tushirish. Zakarning boshini old yoki orqa (farj) ichiga g‘oyib bo‘lishi, qiluvchiga ham, qilinuvchiga ham (g‘uslni vojib qiladi). Uyg‘ongan kishi maniy yoki maziyni ko‘rishi. Hayz va nifosning to‘xtashi. Hayvonga yaqinlik qilgan (maniy) tushirmasa, (vojib bo‘lmaydi). Juma, ikki iyd namozi, ehrom va Arafa uchun (g‘usl) sunnatdir. Balog‘atga etgan har bir erkak ayol o‘ziga g‘usl vojib bo‘lgan holatni katta betahoratlik ekanini yaxshi bilib olmog‘i lozim. Tahoratni vojib qiladigan holat esa kichik betahoratlik deb ataladi. G‘uslni vojib qiladigan omillar quyidagilar; 1. Ajralib chiqayotganda otilib shahvat bilan keladigan maniyni tushirish. Avvalo ushbu bobda tez-tez takrorlanib turadigan ba’zi istilohlarni o‘rganib olaylik. «Maniy» shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlikdir. Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi. «Maziy», erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik. «Vadiy» siygandan keyin ahyonda chiqadigan quyuq oq suyuqlik. Maziy yoki Vadiy chiqqanidan g‘usl qilish yo‘q. Maniy shahvat bilan otilib chiqsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Bunda boshqa jinsdagi shaxsga nazar solish, jinsiy yaqinlikni tafakkur qilish, bevosita quchoqlashish va shunga o‘xshash maniyning shahvat bilan otilib chiqishiga sabab bo‘ladigan barcha omillar kiradi. Agar maniy shaxsning og‘ir narsa ko‘tarishi, baland joydan yiqilib tushishi kabi omillar tufayli shahvatsiz ravishda chiqsa, g‘usl vojib bo‘lmaydi. Hanafiy mazhabi ijtihodiga binoan er va ayol kishidan xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oqlikda bo‘lsin maniy shahvat bilan otilib chiqqandagina g‘usl vojib bo‘ladi. Birov mastlik yoki hushidan ketishdan so‘ng o‘ziga kelganda ho‘llikni ko‘rib maniy degan gumonga kelsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Ulamolarimiz maniydan g‘usl qilish vojib bo‘lishiga quyidagi rivoyatni dalil qiladilar. «Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ko‘p maziylik kishi edim. Bas, Nabiy sallollohu alayhi vasallamdan so‘radim. U zot: «Maziyda tahorat, maniyda g‘usl dedilar». 2. Zakarning boshini old yoki orqa (farj) ichiga g‘oyib bo‘lishi qiluvchiga ham, qilinuvchiga ham (g‘uslni vojib qiladi). Bu hukmni fuqaholarimiz quyidagi oyati karima va bir qancha hadislardan olganlar.Alloh taolo «Niso» surasida: «Va junub holingizda, to g‘usl qilmaguningizcha (masjidda turmang) magar yo‘ldan o‘tsangiz», degan. «Junub» so‘zi lug‘atda chetda turuvchi, matsnosini anglatadi. Shariatda esa jinsiy yaqinlik, uyquda bulg‘anish va boshqa sababga ko‘ra maniy chiqarib, g‘usl vojib bo‘lgan shaxsga aytiladi. G‘usl vojib bo‘lgan odam namozdan, Qur’ondan, masjiddan va shariat ko‘rsatgan boshqa narsalardan chetda bo‘lgani uchun ham «junub» nomini olgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki, u (er) u(xotin)ning to‘rt muchasi (qo‘l-oyog‘i) orasiga o‘tirsa va unga yaqinlik qilsa, batahqiq, g‘usl vojib bo‘ladi», dedilar». Boshqa rivoyatda: «Agar tushirmasa ham», deyilgan. Yana boshqa bir rivoyatda: «Xatna qilingan joy xatna qilingan joyga tegsa», deganlar. Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan. G‘usl vojib bo‘lishi uchun erkakning xatna qilinadigan joyi ayolning xatna qilinadigan joyiga tegsa bo‘ldi. Issiq mintaqalarda, xususan, arab yurtlarida qizlarni ham xatna qilish odati bor. Unda farjning ichidagi bir oz o‘sib turadigan qismi xatna qilinadi. Ulamolarimiz erkakning xatna qilingan joyi ayolning xatna qilingan joyiga tegishi uchun erkak a’zosining bosh qismi ayol a’zosiga kirishi kerak, deydilar. Ana shu holat yuzaga kelganda ikkovlariga ham g‘usl vojib bo‘ladi. Qo‘shimcha qilib aytadigan ma’lumotlardan yana biri shulki, ulamolar zakar nomiki asl farjga kirsa, g‘usl vojib bo‘laveradi deganlar. 3. Uyg‘ongan kishi maniy yoki maziyni ko‘rishi. Bu jumalada vasf qilingan holatni ehtilom deyiladi. «Ehtilom» degani uyquda jinsiy yaqinlikni ko‘rmoq, uyquda bulg‘anmoq, deganidir. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Ummu Sulaym Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi va: «Ey, Allohning Rasuli, albatta, Alloh haqdan hayo qilmaydi. Ayol kishi ehtilom bo‘lsa, g‘usl qiladimi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, vaqtiki suvni ko‘rsa», dedilar. Bas, Ummu Salama: «Ey, Allohning Rasuli, ayol kishi ham ehtilom bo‘ladimi?» dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘lginang qurisin, bo‘lmasa, bolasi unga nimadan o‘xshar edi», dedilar». Uchovlari rivoyat qilishgan. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan ho‘lni ko‘rgan, lekin ehtilomni eslay olmagan odam haqida so‘raldi. U zot: «G‘usl qiladi», dedilar. Ehtilomni ko‘rgan, lekin ho‘lni ko‘rmagan odam haqida (ham so‘raldilar) U zot: «Unga g‘usl vojib emas», dedilar. Bas, Ummu Sulaym: «Ayol kishi ham o‘shani ko‘radi. Unga ham g‘usl vojib bo‘ladimi?» dedi. U zot: «Ha, albatta, ayollar erkaklarning tug‘ishganlaridir», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.Ushbu hadisda bayon qilinayotgan masala ham ko‘p uchrab turadigan, ayniqsa, yoshlarda tez-tez takrorlanib turadigan masaladir. Birov tushida g‘usl vojib bo‘ladigan biror narsani ko‘rganini eslay olmaydi. Lekin badanida, kiyimida yoki yotgan joyida maniyning ho‘lini ko‘radi. Nima qilish kerak? Albatta, g‘usl qilish vojib, aks holda gunohkori azim bo‘ladi. Boshqa birov tushida jinsiy aloqani ko‘rgan, ammo uyg‘onsa, hech qaerda maniyning ho‘li yo‘q. Undoq odamga g‘usl vojib bo‘lmaydi. Chunki undan voqetslikda g‘usl vojib bo‘ladigan narsa chiqqan emas.Mana shu masalalar haqida savol-javob bo‘lib turgan joyda Ummu Sulaym roziyallohu anho ham bor ekanlar. U kishi fursatdan foydalanib:«Ayol kishi ham o‘shani ko‘radi. Unga ham g‘usl vojib bo‘ladimi?» dedi. Yatsni, ayol kishi ham ehtilomni ko‘rmaydi-yu, ho‘lni ko‘radi. Unga ham g‘usl qilish vojib bo‘ladimi, dedilar.Bu savolga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ijobiy javob berib: «Ha, albatta, ayollar erkaklarning tug‘ishganlaridir», dedilar. Yatsni, ha, ayol kishiga ham g‘usl vojib bo‘ladi. Ayol kishi ham xuddi erkak kishiga o‘xshash, deganlaridir.4-5. Hayz va nifosning to‘xtashi. «Hayz» lug‘atda «oqish» matsnosini bildiradi. Shariatda esa balog‘atga etgan ayol jinsining rahmi ichidan tug‘ishsiz, bemorliksiz muayyan muddatda chiqadigan qon hayzdir. Odatda hayzning rangi qoramtir, o‘zi haroratli va og‘riq ila keladigan bo‘lib, hidi noxush bo‘ladi.«Nifos» esa «tug‘ish va qon» matsnolarini anglatadi. Shariatda esa tug‘ishdan keyin ayol kishining rahmidan kelgan qonga nifoya deb aytiladi.Hayz va nifos to‘xtaganda g‘usl qilish vojib bo‘lishiga dalillar.Imom Buxoriy va Imom Muslimlar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Fotima binti Qays roziyallohu anhoga: «Agar hayz kelsa, namozni qo‘y. Qachonki, hayz ketsa, g‘usl qil va namoz o‘qi», deganlar. Shuning uchun, hayzdan pok bo‘lgan ayolga g‘usl vojib. Nifos esa yangi tuqqan ayolda to‘planib qolgan hayzdir. Shuning uchun, nifosdan pok bo‘lgan ayolga ham g‘usl vojib bo‘ladi.Muxtasarning sohiblari bu erda zikr qilmagan vojib g‘usllar ham bor. Ularni boshqa ulamolarimiz aytib o‘tganlar.6. Shahid bo‘lmagan musulmon mayyitga ham g‘usl vojib bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida hammaga shu muomala qilingan. Imom Buxoriy va Imom Muslimlar Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda ulovidan yiqilib o‘lgan kishi haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni suv va sidr ila yuvinglar va ikki kiyim ila kafanlanglar», deganlar.7. Nomusulmon shaxs islomga kirsa.Bu holatda Molikiy va Hanbaliy mazhablarida g‘usl qilish vojib bo‘ladi. Bunga bir qancha dalillar bor. Misol uchun, imom Buxoriy va boshqalar qilgan rivoyatda Qays ibn Osim roziyallohu anhu musulmon bo‘lganida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam u kishini suv va sidr ila g‘asl qilishga amr qilganlari aytiladi.Hanafiy va Shofetsiy mazhablari agar musulmon bo‘lgan odam junub bo‘lmasa, g‘usl mustahabdir deganlar.Hayvonga yaqinlik qilgan (maniy) tushirmasa, (vojib bo‘lmaydi). Bundan maniy tushirsa g‘usl vojib bo‘lishi chiqadi.Yana g‘usl vojib bo‘lmaydigan haolatlardan batszilari;1. Maziy chiqqanda. 2. Vadiy chiqqanda. 3. Tushi bulg‘anganda ho‘llik ko‘rmaganda. 4. Kilizma qildirganda. 5. Barmoqni ikki yo‘ldan biriga kiritganda.SUNNAT G‘USLLARJuma, ikki iyd namozi, ehrom va Arafa uchun (g‘usl) sunnatdir.Poklik dini bo‘lgan Islom musulmonlarni faqat vojib g‘usllar bilan kifoyalanib qolmasdan g‘usl vojib bo‘lmagan vaqtlarda ham bu ishni qilib turishga targ‘ib qilgan. 1. Juma namozi uchun. Bu haqda ko‘plab hadislar kelgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham Juma namozi uchun g‘usl qilganlar, boshqalarni ham g‘usl qilishga buyurganlar.Abu Satsid roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda «Jumaning g‘usli har bir ehtilomga etgan uchun vojibdir», deyilgan. Bu matsnodagi hadislar ko‘p. Shuning uchun ham batszi mazhablarda Juma kungi g‘usl sunnati muakkada deyilgan. Hanafiy mazhabida esa Juma kungi g‘usl sunnat deyilgan. 2. Ikki iyd namozi uchun. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shundoq qilganlar va bu ishga targ‘ib qilganlar. 3. Haj yoki umra uchun ehrom bog‘laganda g‘usl qilish.Buni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qilganlar va qilishga targ‘ib qilganlar. 4. Arafotda turish uchun g‘usl qilish. Bu ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sobit bo‘lgan sunnatdir. 5. Istihoza (odatdan tashqari qon) ko‘rgan ayol uchun. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ummu Habiba va Zaynab binti Jahsh onalarimizga shu amrni qilganlar. 6. Hushidan ketgan odam o‘ziga kelganda g‘usl qilish. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shundoq qilganlar. Ulamolar bunga jinnilikdan tuzalgan va mastlikdan hushyor bo‘lgan odamlarni ham qo‘shadilar. 7. Ko‘pchilik to‘planib qilinadigan ibodatlarda ter va boshqa sabablarga ko‘ra noxush hidlarning tarqalib ketishining oldini olish niyatida g‘usl qilish tavsiya qilinadi. Bundoq ishlarga; Muzdalifada tunash, shaytonga tosh otish, ziyorat va vido tavoflari, quyosh va oy tutilgandagi namozlar va istisqo namozlari kiradi.

20 Aprel 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 321 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar