Masjidi aqso hozir mavjudmi?
Assalomu alaykum! Masjidi aqso, ya’ni Rasulullox (S. A. V) isro kechasida namoz o‘qishgan masjid va umuman Islomda ulug‘ sanalgan uchinchi masjid hozir qaerda?! Ba’zi manbalarda Quddusdagi sariq gumbazli masjid bu emas deb o‘qidim. Unda bu masjid hozir qaerda?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Sariq gumbazli joy Masjidul Aqso emas. Isro va me’roj kechasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u erda namoz o‘qimaganlar. Siz aytgan joyni Qubbatussoxro deyiladi. U Masjidul Aqso maydonining ichida Quddus shahrining janubiy sharqida joylashgan. Umar ibn Xattob Baytul maqdisni fath qilga vaqtda o‘sha binoning ostidagi tosh ustiga nasorolar unga yuzlanib namoz o‘quvchi yahudiylarni xorlash maqsadida najosatlar to‘kishgan edi. Umar roziyallohu anhu o‘sha najosatlarni tozalashni buyurgan edilar. Yahudiylar dinida u toshni ulug‘lanadi. Yahudiylar ommaga o‘sha “Qubbatussoxro”ni Masjidul Aqso deb tanishtirishadi. Toki Masjidul Aqso buzilsa ham odamlar sezmay qolishlari uchun. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:57 | Savol-javoblar | 138 | Siyrat va tarix