Marakaga borsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! G‘iybat o‘rnida tushunmanglar. Meni bir xolavachcham bor. Turmushidan ajrab kelgan. Hozirda xolam, dadasi bilan birga yashaydi. Yaqinda benikoh xomilador bo‘lganligini onasi aytib yig‘ladilar. Turmushi buzilishiga ham shunga o‘xshash xolat sabab bo‘lgandi. Bir ikki oyda tug‘adi. Ayam gunoh ish qilgansan deb aytdilar. Eng yomoni u bu ishidan pushaymon ham emas. Men so‘ramoqchi bo‘lganim, u tuqqanidan keyin biz xol ahvol so‘rashimiz, farzandi uchun maraka o‘tkazsa borishimiz kerakmi? Shunga boshimiz qotgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Borishingiz mumkin. Gunohkor bo‘lsa ham qarindosh va unga silai rahm qilish joiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 148 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar