Uzr Yana "Vikf" sovdasi haqida
Avalambor uzr so‘rimiz ustoz sovol takrorlanayotgani uchun. Yuqorida "Vikf" sovdosi haqida berilgan savollar to‘liq berilmagani uchun ko‘nglimiz to‘lmadi, shuning uchun qayta savol bilan murojat qilmoqdamiz. Bizning shaxsiy dokonimiz yo’q, shuning uchun haridorlarga zakaz qilgan narsalari olib kelib berib nasiyaga sovdo qilaman. Sovdani shunday qilaman. Haridor biror narsani aytadi men borib o‘sha narsani olayotganda haridorga qo‘ng‘iroq qilaman va " Siz aytgan narsa shuncha ekan sizga shunchaga tushadi" deb. (Men olgan narsamni 4 dan 1ni qo‘yaman. Masalan 1000000 bo‘lsa 250000 ustiga qo‘yaman sababi odamlar harhil narsa olgani uchun, biri qimmat biri arzon narsalar olgani uchun shunday qilaman. ) Kiyin u kishi rozi bo‘lganlaridan kiyin, narsani olamanda u kishiga oborib o‘sha aytgan 4 dan 1 qo‘ygan ulushimni oldindan olaman va qolganini 16 haftaga bo‘lib tashimiz va har hafta o‘sha pulimni qolganini olib boraman. Bir tanishim bu ishing "Ribo" "Sen oldindan narh qo‘yapsan o‘sha qo‘ygan foydangni oldindan olayapsan va magazining ham yo’q" deb ko‘nglimga shubxa solib qo‘ydilar. Shuning uchun sizga murojat qilmoqdaman. Shu ishim joizmi? Joiz bo‘lmasa qay holatda shu ishni qilsam bo‘ladi? (Qimmatli vahtizni olganim uchun mazur tuting Begzod)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunda siz o‘zingiz sotib olgan narsani ustiga chorak miqdoricha qo‘yib sotgan bo‘lasiz. Ikki taraf rozi bo‘lsa, aldov bo‘lmasa, joiz. Do‘koni yo‘q odam savdo qilmaydi, biror narsani sotmaydi degan gap yo‘q. Bu erda sheriklik ham yo‘q. Siz nasiya savdo qilmoqdasiz va narxning to‘rtdan birini oldindan olmoqdasiz.
2 May 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 182 | Turli savollar