Hadisdagi so‘zni tushunolmadim

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz alayxissalomning o‘g‘illari Ibrohimning enagasi : Yo Rasululloh erkaklarni barcha yaxshiliklar ila bashoratlantirasiz, ayollarga bashorat bermaysiz? U zot:…………farzand tug‘sa osmon va er ahli u ayol uchun yashirib qo‘yilgan ko‘z quvonchi (qanchaligini)bilolmaydi…….!
Xadisni mana shu qismiga tushunolmayapman. «Yashirib qo‘yilgan ko‘z quvonchi»dan murod nima?  Javob uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha ayol uchun Allohning huzuridagi savob va darajotlarning ta’rifidir. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 139 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar