Ixlos

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar agar imkoni bo‘lsa sizlardan yordam so‘ramoqchiman. Man hozir 29 yoshdaman. Namoz o‘qishni o‘rganib oldim. Lekin bir necha bor ixlos bilan kirishib namoz o‘qishni boshlasam ham ixlosim bir kunga etmay namozni to‘xtatib qo‘yyapman. Qur’onning o‘zbek tiliga tarjimasini o‘qib chiqdim. Hozir bu holatimdan juda havotirdaman. Shuning uchun man ham sizlar kabi ibodatlarni vaqtida ado etishni istardim. Agar holatimni to‘g‘ri tushuntira olgan bo‘lsam, menga nima maslahat berasizlar. Meni holatimda maslahat kor qilishiga ham ko‘zim etmayapti. Chunki bir qancha hadis kitoblarini o‘qib chiqsam ham o‘zgarish bo‘lmadi. Payg‘ambarimiz davrlarida bundaylarga nima chora ko‘rishgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom!Solihlar majlisida bo‘ling, ular bilan birga yurishga harakat qiling.  Vallohu a’lam!

2 May 2022, 08:07 | Savol-javoblar | 143 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar