ILMDA MUSOBAKALAShISh VA ILM OLIShDAGI NIYaT

ASSALOMU ALAYKUM ShAYX XAZRATLARI! MUXTARAM USTOZ!Sizga ayrim savollar bilan murojaat kilishga ijozat bergaysiz.1. Men Kur’on, xadis, fikx ilmni fakat Allox roziligi uchun urganayapman. Ustoz Kur’on, ilm urganishda boshka birodarlar bilan musobakalashsa buladimi? Ya’ni «men sendan tezrok yodlayman», «sendan kup xadis bilaman», yoki bulmasam «sendan kuprok oyat yodlaganman», «men ustozimdan utib ketishim kerak» degan fikrlar bilan. Yoki bulmasam goyibona «usha dustim Kur’ondan mendan kura kup oyat bilsa kerak, men undan uzib ketaman», «uni ilmi menikidan utib ketyapti, men kup kitob ukib, kup xadis yodlab, undan uzib ketarmikanman» degan fikr bilan ilm olsa buladimi? 2. Yana bir savolim shuki, men Kur’on yodlamokdaman Allox kodir kilgunicha, albatta niyatim Alloxning rizoligini topish, uzim urganib, farzandlarimga, boshkalarga xam urgatishdir. Lekin ba’zan xayolimga shunday fikr keladiki, «meni kori bulishimni ustozim, yakinlarim kurisharmikin?, ularga nasib kilarmikin», «men tezrok kori bulishim kerak, ular xam kurishlari kerak» degan fikrlar keladi. Bu fikrlar meni riyoga olib borib kuyishidan kurkib ketaman goxida. Shunday niyat kilishim riyo bulib kolmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu tabiiy holat. Faqat riyoga aylanib qolmasligi kerak. Xayol qilishdan ko‘ra, harakatni ko‘proq qilish kerak.

2 May 2022, 08:38 | Savol-javoblar | 151 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar