Ro‘zam karohiyatli emasmi?

Assalomu alaykum! Saharliklni oxirgi daqiqalarida burnumga sepadigan dorini sepib olaman, lekin saharlik tugab, bamdod namozi vaqti kirganda ham o‘sha dorining tami og‘zimdan ketmaydi. Yana shunga o‘xshash holat. Tish do‘xtiri tishimni maxsus tish pastasida yuvishni tavsiya qilgan. U tish pastasida qanaqadir kuchli moddalari bor, og‘zimi yaxshilab chayqab yuborsam ham tami og‘zimda yarim soatcha turadi. Tishimni saharlik paytida yuvsam ham tami bamdod namozi vaqtida ham kelib turadi. Shu ikki holatning ro‘zamga ta’siri yo‘qmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ta’siri yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:43 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar