Erning taomidan ayol eyishi joiz emasmi?

Assalomu alaykum! Bir tanishimni ayoli ro‘za tutadi. Eri sog‘ligi tufayli ro‘za tutolmaydi. Ayoli saharli paytida muzlatkichdan ovqatmi, kolbasami shunga o‘xshash bilan saharli qiladi. Eri bo‘lsa bundan norozi. Sababi “mendan beruxsat kolbasalarimni eb qo‘yyapti, meni qornim to‘ymay qolyapti. Meni norozi qilyapti. Shu tutgan ro‘zasi qabulmi? Erini rozi qilish kerakku”, deyapti. Shunga nima deysizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Erning bu da’vosi noto‘g‘ri. Nafaqat ro‘zada, balki boshqa vaqtlarda ham ayolning nafaqasi, ya’ni qornini to‘yg‘azish erning zimmasiga vojibdir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 165 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar