Halol harom

Assalomu alaykum! Hozirda xristianlar ko‘pchilikni tashkil qilgan davlatdamiz. Bu boradagi savol-javoblarni ko‘rib chiqqach bir turklar qurgan masjidga borib halol restoran haqida so‘rab oldik. Ular aytishicha, halol sertifikati bor restoranlar bir nechta, lekin ishonchlisi bitta ekan. U erga bordik. Egasi turk musulmon ekan, ba’zida qo‘lida tasbeh ham bo‘ladi. Lekin spirtli ichimliklar va chilimni ko‘rgach ofitsiantdan yana so‘radik va u hamma narsa halolligini ishonch bilan aytdi. Bu erda qo‘y va mol go‘shtidan tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilsak bo‘ladimi? (Hozirda hatto musulmon davlatlarida ham basmala aytilib so‘yilgan, lekin mashinkada so‘yilgani ehtimoli borligi uchun, umuman tovuq iste’mol qilmayapmiz halol sertifikati bo‘lsa ham) 2. Yaqinda kanalingizdan hatto sir va kofega qo‘shiladigan bir qancha mahsulot ham shubhali ma’nosida savol ko‘rib qoldim. Va javoblarning birida quyidagicha yozilgan ekan: Pishloqning ichiga arab tilida “infixa”(shirdon) deb nomlanuvchi aralashma qo‘shiladi. U sut emizuvchi hayvonlarning qorinlaridan olinadi. Agar shariatga muvofiq so‘yilgan hayvonlardan olingan yoki o‘simlikdan olingan bo‘lsa, uni eyishda shak-shubha yo‘q. Jumhur ulamolar esa “infixa”(shirdon)ni najosat deb hukm qilganlar. Shuning uchun u aralashgan narsani ham “eyish joiz emas” deydilar. Hanafiy mazhabi ulamolari “o‘limtik hayvonning yungi va suyaklari pok” deyishadi. Chunki ularda hayot yo‘q. Shuningdek “pishloqqa qo‘shiladigan oshqozondan olinadigan aralashma ham pokdir” deb aytishadi. Qolaversa: Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka fath qilinganida pishloqni ko‘rib, “Bu nima” dedilar. Sahobalar: “Ajam erlarida tayyorlanadigan taom” deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Pichoq bilan kesib, Allohning ismini zikr qilinglar va eyaveringlar” dedilar". Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Pishloq, sut va libo(hayvonning yangi suti)dandir. Unga Allohning ismini zikr qilinglar. Allohning dushmanlari sizlarni aldab qo‘ymasin". Sahobalar Iroq shaharlarini fath qilganlarida majusiylarning pishloqlaridan eganlari va bu ularning oralarida keng tarqalgani rivoyatlarda keladi. 2) Shu hadisga asoslangan holda pishloq iste’mol qilsak bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Biz bir nima deyolmaymiz. 2). Pishloq eyish joiz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 08:49 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar