Onaxonning namozlari to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum muhtaram shayx hazratlari!Birodarimning onalar 95 yoshga chiqqanlar. Bir necha yil oldin insult bo‘lganlar. Kasallik oqibatida tana a’zolari yaxshi ishlamaydi, xotira ham yaxshi emas, tahorat ham tez–tez ketadi. Bir necha yil namoz o‘qiy olmadilar. Hozirgi kunga kelib ahvollari avvalgidan tuzukroQ. Shu kunlarda onaxon namoz o‘qiyman deydilar. Albatta, farzandlar yordamida qiyinchilik bilan tahorat oladilar. Tahorat ham ko‘pga etmaydi. Namozni o‘qishlari uchun yonlarida o‘tirib nimadan keyin, nimani o‘qish kerakligini aytib turish kerak, xotira hali yaxshi emas, gohida qayrilib ham qarab qo‘yadilar, keyin nima edi deb so‘rab qoladilar. Namozdagi salovatlarni unitib qo‘yganlar, «attahiyyat»dan keyin salom beradilar. Hazrat shunday holatda onaxonning namoz o‘qishlari mumkinmi? Yoki o‘qimasalar ham bo‘ladimi? Uzlari namoz qolib ketyapti, o‘qishim kerak deb turadilar.Namoz o‘qing yoki o‘qimang deb ayta olmaymiz. Sizdan iltimos hazrat, bizlarga maslahat bering.Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namoz o‘qiganlari, juda ortiqcha qiyin bo‘lmasa, yaxshi. Avval o‘qiy olmagagan va hozirda qolib ketayotgan namoz va ro‘zalar bo‘lsa, bolalari fidya berib qo‘yishlari kerak bo‘ladi.

2 May 2022, 08:49 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar