Alloxga erdam berish

Assalomu Aleykum Shayx Xazratlari .Shayx Xazratlari inson Alloxga erdam berish mumkinmi ? agar mumkin bulsa shuni kengrok tafsir kilib bersangiz, Judayam kizikib koldim .
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo Qur’oni Karimda marhamat qiladi:“Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam berur va qadamlaringizni sobit qilur”.Ushbu oyati karimada Alloh taolo mo‘min-musulmonlarga ular uchun eng mahbub bo‘lgan nido ila murojaat qilib:«Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga yordam bersangiz», demoqda.Albatta, bu ilohiy nido mo‘min-musulmonlarning himmatlarini oliy darajada qo‘zg‘ab, har qanday og‘ir taklifni ham ular tomonidan jon deb bajarishga olib keladi. Xuddi ana o‘sha taklif nidodan so‘ng bevosita kelmoqda.«Allohga yordam bersangiz» degani, Allohning diniga xizmat qilsangiz, deganidir. Chunki, Alloh taolo yordamga muhtoj emas. Shuningdek, Allohning dini ham yordamga muhtoj emas. Parvardigori olam xohlasa O‘z dinining himoyasini qilib oladi. Bu erda bandalarga savob ishlash, o‘z maqomini yuksaltirish uchun sharoit yaratib berilmoqda, xolos.Demak Allohga yordam berish Allohning diniga xizmat qilmoq, Allohning amrlariga bo‘ysunmoqni bildiradi.

2 May 2022, 08:49 | Savol-javoblar | 180 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar