Pul o‘rtada bo‘lsa zakot haqida
Assalomu alaykum! 1. Men uylanmaganman. Akam uylangan. Biz ota-onam bilan birga yashaymiz. Akam-bilan men o‘tgan yili Rossiyada ishlab anchagina pul jamg‘ardik. Bu pulga bir yildan oshdi. Lekin bu pulga meni va singlimni to‘yini qilishni niyat qilib ishlatmaganmiz. Agar to‘ylarni qilsak pul nisobidan kamayadi. Lekin qachon to‘y qilishimizni bilmaymiz. Shu puldan zakot chiqaramizmi? 2. Aytganimdek bu pul oilamizda umumiy. Ota-onam, akam-kelinoyim, opam, singlim va men yashaymiz. Zakotni ota-onamning nomidan qilamizmi? Yoki alohida molni taqsimlash kerakmi? 3. Hozir yashab turgan uy-joyimizdan tashqari 10 sotix uy qurilmagan quruq erimiz bor. Unga keyinchalik akam yoki men uy joy qilib o‘tish niyatimiz bor. Zakot moliga uni miqdorini ham qo‘shishimiz kerakmi? 4. Ӯsha erga petrushka (ko‘kat) ekkanmiz. Ko‘katni bir necha marta uzib sotiladi. Ko‘katdan zakot chiqarish tartibi qanday? (Rahmatli fazilatli Shayximizning zakot xaqidagi kitobidan javob topolmadim) 5. Uy-joyi bitta bolali sigiri bor, hozirda eri ham ayoli ham ishsiz amakimga zakot olish mumkinmi? Puli yo‘qligi sababli hozirda biroz qarzdor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Berasizlar. Kimni puli bo‘lsa o‘shaning zimmasiga zakot farz bo‘ladi. 2). Umumiy bo‘lishi mumkin emas. Pulni siz topdingizmi, tasarrufini ham siz qilsangiz o‘zingizni nomingizdan chiqarasiz. 3). Sotish uchun olinmagan bo‘lsa qo‘shilmaydi. Ammo u zakot nisobiga qo‘shilmasa ham qurbonlik nisobiga qo‘shiladi. 4). U joydan chiqqan mahsulotdan ushr yoki nisfi ushr beriladi. 5). Nisob egasi bo‘lmasa, nisobga qodir qilmaydigan qilib zakot bersa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 08:50 | Savol-javoblar | 151 | Zakot