Hayz holatidagi ayolga taloq berilsa

Assalomu alaykum! Erkak kishi ayoliga talog‘ini bergan vaqtda xayz xolatida bo‘lsa, u ayol shu vaqtning o‘zida idda saqlasa, o‘sha xayzi 3 xayzdan biriga o‘tadimi yoki idda saqlashlik muddati 3 oy 10 kun bo‘lishligi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq olgan vaqtdgi hayzi hisobga olinmaydi. Uch hayz ko‘rib poklangunicha idda o‘tiradi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:17 | Savol-javoblar | 161 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar