Yana Sunniy aqiydalar kitobidan-2

Assalamu a’laykum Shayx hazratlari! Aqiyda juda nozik masala bo‘lgani sababli, sizdan yana o‘sha Sunniy aqiydalar kitobidan savol qo‘ymoqchiman. Savolni quyidagi iqtibos keltirish bilan boshlamoqchiman(Sunniy aqiydalar, 14-betda): “”U, Alloh taoloning bandalarning yuziga o‘xshamagan yuzi va U zotning maxluqotlarning qo‘liga o‘xshamagan qo‘li borligiga e’tiqod qilgan.”- deb yozgansiz.Savol shuki, o‘sha jumlani qanday tushunish kerak? Bu erdagi “Allohning yuzi va qo‘li”dan ko‘zlangan maqsad nima? Iltimos sizdan, oydinlik kiritib bersangiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘ziga xos, qandayligini banda bilmaydi.

2 May 2022, 09:12 | Savol-javoblar | 158 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar