Kumush zakoti
Assalomu alaykum! Bir ayolning 135gr tilla taqinchog‘i va 30 gr kumush taqinchog‘i bor. Kumushi nisobga etmagan (nisobi 595grdan ko‘p bo‘lishi kerak ekan). Shunda ayol zakotini berishda kumush taqinchoqni ham tillasini zakotiga qo‘shib beradimi yoki kumushga berilmaydimi? Avval tillaning zakoti haqida bilmagan bo‘lsa va orada sotib yuborgan grami esida yo‘q tilla taqinchoqlarni ham taxminan qo‘shib zakot chiqarish kerakmi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kumushga qo‘shib beradi, lekin kumushning qiymatini chiqarib qancha gramm tilloga to‘g‘ri kelsa 135ga qo‘shadi. O‘tgan yillarga taxminan ko‘proq tomonini olib zakot chiqaradi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 01:21 | Savol-javoblar | 181 | Zakot