Yordam bering
Assalamu alaykum muhtaram shayx hazratlari. Dini islomda qilayotgan bu ulkan hayrli ishlaringizni Alloh Taoloning o‘zi munosib taqdirlasin.Shayx hazratlari,Alloh Taologa beadad shukronalar bo‘lsinkim,talaba bo‘lishimizga qaramasdan 5 vaqt namozni vaqtida ado etishlikka o‘zi ulkan fursat-u imkoniyatlar berib turibdi.Ammo Juma‘ namoziga kelganda muammoimiz bor.Bizda birinchi hafta darslar kam bo‘ladi va juma‘ namoziga boramiz,keyingisida esa darslar ko‘p bo‘ladi(ba‘zida amallab qoshib ketishga harakat qilardim ,ammo oxirgi paytlarda nazorat ancha kuchaydi) va peshinni o‘qishga to‘gri kelyapti.Qochib ketsam ushlab olishsa kamida o‘qishdan haydab yuborishadi.Men oilada yolg‘iz o‘g‘il farzandman.Bu esa ota-onamga qattiq ta‘sir qilishi mumkin.Hazrat axir biz xech qanday yomonlik istamayapmiz-ku,iltimos Musulmonlar idorasiga iltimos qilib ko‘ring bu masalani rahbarlarga aytib ko‘rishsin.Aslida o‘sha jamiyatdagi turli fasod-u fitnalar turli halol-u haromni farqiga bormaydigan beibodatlardan chiqayapti.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salomat bo‘ling. Iloji boricha jumaga borishga urinavering. Men siz qilgan iltimosni bajarishga harakat qilaman.
2 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Salomat bo‘ling. Iloji boricha jumaga borishga urinavering. Men siz qilgan iltimosni bajarishga harakat qilaman.
2 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 148 | Namoz