El kelib tahorat ketishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qornim ko‘p dam bo‘lib turadi. Oxirgi paytlarda namozga taxorat olib bo‘lishim bilan el chiqmoqchi bo‘lib turadi, lekin chiqmaydi.
1.   Agar men qastdan el chiqarib taxoratni boshqatdan olsam mustahab qilamanmi?
2. Taxoratni boshkatdan olganim uchun shaytonni vasvasasiga quloq solgan bo‘lib qolmaymanmi?  Alloh asrasin. Ilimsizligim sababli 2 ta savol berganim uchun uzr so‘rayman. Rahmat sizlarga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Old yoki orqadan najosat chiqib, piyolaning orqa tarafichalik miqdordan yoyilsagina istinjo(mustahab) qilinadi. Unday bo‘lmasa qilish shart emas. 2). Agar el chiqib tahorat ketgan bo‘lsa, namoz o‘qish uchun tahoratni yangilash shaytonning vasvasasi emas, balki Allohning buyrug‘i bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar