Furqon surasi 67 oyat

Hurmatli Shayx Hazratlari. sizga yollamoqchi bolgan savolim "Tafsiri Hilol" kitobingizda Quronning o‘zbekcha tarjimasini oqib organich vaqtida paydo boldi, ushbu sil-silaning boshidan oqib kelmoqdaman, hozirda 4 juzdagi Furqon surasi 67 oyatini (Ular nifoq qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, u ikkisi o‘rtasida mo‘tadil bolurlar) o‘qiganimdan so‘ng nifoq faqatgina ehson emasligini, bu erdagi nifoq dan maqsad harajatlar nazarda tutilganligini tushundim, ammo ehson borasiga kelganda bu oyatga qanday amal qilmoq lozim, bu borada Abu Bakr Roziallohu anhumo larni Umar Roziallohu anhumo lar bilan bellashishganligi Abu Bakr bor mollarini olib kelganlarini, Umar yarmini olib kelganlarini hadislardan eshitganmiz, shu bilan birga, Oisha onamizni Abdurahmon ibn Avf karvoni Madiyna ko‘chalariga kelgan vaqtlarida "Rosululloh Abdurahmonni Jannatga emaklab kiradi deganlarini eshittim" deb aytganlaridan keyin, Abdurahmon ibn Avf emaklab qolishimga molimning kopligi bolsa kerak deb karvondagi mollarni tuyalari bilan ehson qilib yuborganlarini eshitganmiz, bu savolni berishimdan maqsad, Ehson borasida molni allohning yolida sarflash borasida molimizni yarmi yoki hammasini ehson qilsak ushbu oyatga hilof bolib qolmaydimi, Sahobiylar mollari bilan jannatti sotib olishgan, biz ham salafi solihlar yolidan borsak insha alloh,
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avvalo bu kabi masalada fikr yuritganingiz juda ham yaxshiligini aytib o‘tmoqchiman. Keyin, biror narsani yozganda e’tiborli bo‘lish kerakligini ham aytib qo‘ymoqchiman. Siz “nifoq” deb yozibsiz, albatta, bilmasdan yozgasiz. Ammo “nifoq” degani munofiqlik degani ekanini aytib qo‘yish bizning vaziyfamiz. Siz o‘sha o‘qiyotgan sahifaga yaxshiroq qarang, unda “infoq” deb yozilgan. Infoq degani bizdagi sarflash degangan o‘xshash so‘z. - Bu boradagi masalada siz o‘qigan oyati karima asosiy qoida hisoblanadi. Abu Bakr va Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhumolarning qilgan ishlari vaziyatga qarab ish tutish bo‘ladi. Ya’ni, odamlar muhtoj bo‘lib turgandagi ish. Bunda vaziyatga qarab ish tutiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng saxiy va ko‘p infoq qiladigan Zot bo‘lganlar. Ammo oilalariga bir yil etadigan xarajatni ushlab turganlar. Aytgancha, siz “Abu Bakr roziyallohu anhumo” deb yozibsiz. Bu noto‘g‘ri. “Anhumo” ikki kishiga aytiladi. Bir kishiga bo‘lganda “roziyallohu anhu” deyiladi.

2 May 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 211 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar