Mijozdan pul olish

Assalomu alaykum! Ustozlar, men Rossiya  davlatida ishlaganman. Ishlagan joyimdan haqimni, deylik 700.000 dan 300.000nini oldim, 400.000 qoldi. Firma direktori “biz pulni mijozdan ololmadik, silardi pullaringni bermaymiz. Xoxlasalaring boshqatdan dogovor tuzib noldan ish boshlaymiz” dedi. Men yana o‘sha firma bilan ishdi boshladim. Shu firmadan, oxista oxista qolgan haqimdan deb, o‘zimcha qurulish xomashyolardan olib chiqsam bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar