Asabiylik

Assalomu alaykum! Yoshim 24 da. Juda asabiy va jizzakiman. Ba’zi bir hollardi o‘zimni boshqara olmay jahl otiga minib nima qilganimni bilmay ham qolaman. Ko‘p bora yomon oqibatlarga ham olib kelgan, lekin o‘zimni tiyolmay qolaman. Ishlab o‘qiyman. Ba’zida juda kam uxlayman. O‘zimni boshqalardan ustun qo‘yvoraman va boshqa tengdoshlarimga past nazarda qarayman. O‘zimni husni xulqli qilishim uchun nimalar qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Insonning jahlini tez chiqishi ko‘proq mutakabbirlikdan bo‘ladi. Bu narsa o‘ta xatarlidir, chunki hadisda “Qalbida zarracha kibri bor inson jannatga kirmaydi” deyilgan. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh "Ruhiy tarbiya" kitobini olib o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:48 | Savol-javoblar | 151 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar