Korona, ro‘za, isiriq

Assalomu alaykum! Yaqindan boshlab ishxonada har kuni havo tozalash maqsadida 1-2 mahal isiriq tutatish odat tusiga kirdi. Boshida e’tibor qilmagandim, lekin ro‘za oyi sabab o‘ylashga majbur qildi. 3-etajda ishlayman, pastga tushishim kerak edi, zinapoya tutun bo‘lib ketgan ekan, buni 2-etajga tushib bildim, maskadaligim uchun ortga qaytmasdan tushishda davom etibman. Pastga tushsam vestibyulga ham rosa tutatishibdi. O‘zimga kerakli dokumentni oxranlardan olib yana xonamga qaytib chiqdim. Savollar arxivini o‘qib, ro‘zam buzilmagan bo‘lsin deb yaxshi niyat qildim. Sababi maskada edim va maska ustidan burnimni berkitib chiqib tushdim. Bunchaligi ro‘zani buzmaydimi? Ro‘za tutadiganlar ko‘p bo‘lmasa ham bu haqida boshliqlarni ogohlantirib qo‘yaymi yoki shu kunlarda to‘xtamay ishlayotgan ishxona uchun (balki) foydali bo‘layotgan bu narsa meni deb to‘xtab qolmasinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchaligi buzmaydi. Ishxonadilarni bir ogohlantirib qo‘ying. Chunki tutatib qasddan hidlasa ro‘za ochiladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 10:28 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar