Yoshi o‘tgan qariyalar tahorati

Assalomu alaykum! Aniqki qarilikda ichki organlarimiz xam o‘ziga yarasha bo‘lib qoladi. Qorin dam bo‘lib, tez-tez el chiqishi ko‘p kuzatiladi. Taxorat olib nomozni boshlagandan engilgina el chiqqanidan taxorat buziladi va yana taxorat olib qaytadan nomozni o‘qishni boshlash kerak. Aniqki 80 yoshlar atrofidagi qariyalarimiz uchun taxorat olishga yugurib yurish oson emas. Shu masalada biron bir ma’lumot kutib qolaman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuning uchun yoshlikdan ilmini o‘rganish, qarilikka tayyorgarlikni, ko‘nikmalarini xosil qilib borish kerak. Tahorat ketsa yugurib borish shart emas, farzandlardan birortasi ozgina suv olib kelib, o‘tirgan o‘rnida tahorat qildirib qo‘yishi ham mumkin. El chiqqanda mustahab qilish shart emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 18:56 | Savol-javoblar | 137 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar