Sho‘rvaga suv qo‘shib sotish
Assalomu alaykum! O‘zim talabaman, Avstraliayada o‘qiyman. Sharoit taqazosi va zarurati bilan xamma talabalar ishlashi kerak. Man o‘zim turklar restoranida oshpaz yordamchisi bo‘lib ishlayman. Ba’zi bir shubxalantiradigan narsalar bor. U erda Yasmiq o‘simligi urug‘idan tayyorlangan sho‘rva sotiladi. Tayyorlanishi xam suv bilan bo‘ladi manimcha. Lekin biz uni muzlagagan xolatida olib mikravalnovkaga qo‘yib isitib sotamiz. Ammo u sho‘rva turgan sari quyuqqa tortib ketadi, shunday paytlarda qaynagan suv qo‘shib aralashtirib sotiladi. Bu man bajaradigan ishlardi ichiga kirib ketadi. Savol bu ishim sutga suv aralashtirib sotish xukmiga kiradimi? Qilib turgan ishim xarom bo‘lib qolmaydimi? Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Agar xo‘randalar shunday holat bo‘lishini bilsalar buni zarari yo‘q. Agar sizni suv qo‘shishingiz sifatini o‘zgartirsa, mijozlar kutgan narsaga zid bo‘lsa qalloblikka kiradi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 10:38 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom