zakot puli

Assalomu Alaykum. Men sizga bir savol bilan murojat kilmokchiman. Bundan bir necha yil oldin tuplab kuygan pullarim bor edi lekin bir yakin odamim pulimni kiska muddatga surab shu bilan kochib ketdi keyin bilsam u nafakat meni barcha yakin kishilarini aldab ancha pulga tushurib ketgan ekan. Bundan tashkari u odam tijorat kilish uchun bir uskuna (Oborudovaniya) oling ishlab chikargan maxsulotingizni man sotib olaman deb uskuna oldirgan edi uskunani pulini boshka bir tanishimdan olib turganman chunki uzimni pulim usha tijorat kilasiz degan odamga berib kuygan edim. Bugungi kunda u odam kochokda yuribdi mani xamma pulimni olib ketgan bu xam etmagandek tanishimga karz bulib kolganman. Kulimda fakat uskuna bor uskunani ishga tushirish uchun yana kushimcha uskunani dekabr oyiga kadar pulini berish sharti bilan oldim shu bilan 2 odamga karz bulib koldim. Savolim shundan iboratki usha tanishim zakot uchun pul ajratib manga berdi muxtoj oilalar uchun tarkatgin deb bergan pulini man uzim uchun ya’ni uskuna uchun tulasam mumkin buladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Pul egasi aytgan ishni qilish kerak.

2 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 136 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar