namoz uqishlikka undash

Assalomu alaykum Shayh hazratlari.Sizga bir savolim bor edi.men nomoz uqimaydigan kishilarni namoz uqishlikka chorlaganimda ilmim pastligi sababli ozgina burtirib gapiraman,bir tanishimni shunday qilib namoz uqishlikka undaganman hozirgi kunda OLLOHga shukur namozni tuliq ado qilayapti.savolim shuki namoz uqishlikka undaganda yolgon gap ishlatish gunoxmi?javobingiz uchun oldindan raxmat!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namoz o‘qishga undaganda yolg‘on gapirmay ham ish tutish mumkin. Yaxshilikka chaqirishda yomonlik qilish mumkin bo‘larmidi? Yaxshilik bilan chaqiring. Yaxshi bo‘ladi.

2 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar